Yangilik

Category

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Read More
Koreya Respublikasi Fan vazirligi huzuridagi NIA (Milliy axborot jamiyati agentligi) va MSIT (AKT) kompaniyasi taklifiga binoan, 2024- yil 3- iyundan 8- iyungacha Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Xonto‘rayev Sardordek Isroilovich “Axborotga kirish markazi (IAS) adminsitratorlarini tayyorlash dasturi” mavzusi bo‘yicha treningda ishtirok etadi.
Read More
Uchrashuv mobaynida professor-o‘qituvchi va dasturchi talabalarga VR virtual reality texnologiyasi namoyish etildi. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish sohasida o‘zaro hamkorlik asoslarini yaratish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida yangi iTeach akademiya oʻquv markazining filiali Sirtqi bo’lim binosida o‘zining faoliyatini boshladi. Bu hamkorlik innovatsiyalar va ta’limga bo’lgan umumiy ishtiyoqni yanada oshiradi degan umiddamiz. Hozirda kurslar uchun qabul ochiq! Ro’yxatdan o’tish uchun: 88-665-77-77
Read More
Fargʻona Jamoat salomatligi tibbiyot institutida II Yoshlar akademiyasi forumi bo’lib o’tdi. Forumda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, professor Munira Kadirova tomonidan TATU Farg‘ona filiali Yoshlar akademiyasi lideri Z.Yuldasheva hamda fakultet liderlari B.Turganbayev O.Abduraximov N.Ibrohimova G.Abdurazoqovalarga maxsus tashakkurnoma taqdim etildi.
Read More
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Oliy...
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabasi Ro’zaliyev Muhammadaziz O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan va joriy yil 20-24 may kunlari o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g’olibi bo’ldi. Talabamizga ilmiy faoliyatida yanada yuqori cho’qqilarni zabd etishida omad va zafarlar tilaymiz.
Read More
O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuhratovich va Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich ham ishtirok etmoqda. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi. Konferensiyada yuqori...
Read More
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi rahbari Gafurov Yusufbek Ikramovich tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Xitoy Respublikasining Sindao shahrida joylashgan Xitoy-Shanxay hamkorlik tashkiloti iqtisodiyot va savdo instituti prorektori Kong Qiang tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida o‘zaro xalqaro aloqalar va professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi, xalqaro loyihalarda...
Read More
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy filiallari o’rtasida o’tkazilayotgan “TUIT BRIGHT FUTURE WEEK-2024” haftalik doirasida o’tkazilayotgan“Cyber games” o‘yinlarining PUBG mobile yo‘nalishida TATU Farg‘ona filialining “Royal hell” jamoasi faxrli 2-o’rinni, “CTF Cyber challenge” musobaqasida filialimiz “White_web” jamoasi ham faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Undan tashqari“CTF Cyber challenge” musobaqasida filialimizning “Creators”, “admin_admin”, “black_shield_2.0” jamoalari ham munosib...
Read More
1 9 10 11 12 13 101