Dasturiy injiniring kafedrasi talabalar turar joyida!

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Dasturiy injiniring kafedrasi Talabalar turar joyida Ramazon oyi uchun iftorlik dasturxoni tashkil etdi. Iftorlik uchun ustozlar tomonidan palov tayyorlandi.

🆚 Talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Dasturiy injiniring kafedrasi tomonidan «Dasturlash» musobaqasi va «stol tennisi» boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

🏆 G’oliblar munosib taqdirlandilar!