“Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovich va fakultetning 3 nafar professor xodimlari hamda Farg‘ona soliq texnikumining rahbariyati ishtirokida ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, sport sohalarida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona soliq texnikumi direktorlarining hamkorlik kelishuvlari asosida universitetning “Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovich va fakultetning 3 nafar professor xodimlari hamda Farg‘ona soliq texnikumining rahbariyati ishtirokida ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, sport sohalarida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida universitetning “Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot” fakulteti va texnikumning istiqbolli rejalari hamda kelgusida tashkil etilishi belgilangan ikki tomonlama MEMORANDUM muhokamasi bo‘lib o‘tdi.