«Dekan kubogi» musobaqalari yakunlandi

⚽️ Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida professor-o’qituvchilar o’rtasida mini futbol va stol tennisi bo’yicha «Dekan kubogi» musobaqalari yakunlandi.

🏆 Sportning mini futbol turi musobaqasida Dasturiy injiniring (DI), Axborot ta’lim texnologiyalari (ATT), O’zbek tili va gumanitar fanlar (O’T va GF), telekommunikatsiya injiniringi (TI) kafedralari hamda Dekanat jamoalari o’zaro bellashdilar.

3-tur musobaqalari natijalari:
Dasturiy injiniring kafedrasi jamoasi – 7 : 4 – Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi jamoasi
Dekanat jamoasi – 20 : 1 – ATT va O’T va GT kafedralari jamoasi

Musobaqa goliblari filial rahbariyati tomonidan taqdirlandi: — Mini futbol boyicha golib bolgan dekanat jamoasiga “Kochma kubok" va 700000 som mukofot puli
— Stol tennisi boyicha golib bolgan Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti Z.Ermatovaga 1-darajali diplom va 500000 som mukofoti puli