Diqqat e’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida  2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim bo‘yicha fan tanlovlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 9-11 iyun kunlari qadar ochiq tanlov fanlar tarkibidan quyidagi fanlardan tanlovlar o‘tkaziladi:

  1. Pedagogika. Psixologiya
  2. Hayot faoliyati xavfsizligi
  3. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
  4. Ekologiya
  5. Biznes jarayonlarini boshqarish
  6. Zamonaviy iqtisodiyot

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilar fan materiallari va tanlovda qatnashishga ariza bilan kafedra mudirlariga uchrashish so‘raladi.

Tanlovda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2022 yil 9 iyun soat 8:30 gacha.