DIQQAT OGOHLIK!

So‘nggi yillarda aholi hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan yaxlit yong‘in xavfsizligi tizimi shakllantirildi.

Haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” etib belgilanib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga bir qator vazifalar yuklatildi.Respublikamizda 2022-yilda 10 260 ta yong‘in hodisasi yuz berib, unda
284 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 107 tasi vafot etgan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga 214,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Jumladan, 2023-yilda Qo‘qon shahridagi “Rizq baraka” va “Istiqlol” bozorlarida, Xiva shahridagi buyum bozorida, shuningdek, Farg‘ona shahrining Sayilgoh ko‘chasi 24-uy manzilidagi binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga jiddiy ziyon yetgan.

Yuqoridagi noxush hodisalarning yuzaga kelishi davlat yong‘in nazorati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan qat’iy chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan ham bir qator chora tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi shaxsiy tarkibi tomonidan shahar hududida joylashgan aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yong’inlar bilan bog’liq baxtsiz xodisalarni oldini olish hamda yong’in xavfsizligi borasida fuqarolarning bilim va ko’nikmalarini oshirish, ularni yana bir bor ogohlikka chorlash maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Profilaktik tadbirlar davomida, Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi yong’in nazorati inspektorlari tomonidan Soqg’liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg’ona filiali ishchi xodimlari bilan hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida maktab o’qituvchi va o’quvchilari, ischi xodimlari bilan suhbatlar tashkil etilib, favqulodda holatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakatlanish hamda yong’inlarni oldini olish bo’yicha tavsiyalar berdilar.Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida Qo’qon shahri hududida joylashgan, yong’inlarni bartaraf etishda muhim omil hisoblanuvchi yer osti suv olgichlarining yaroqlilik holati o’rganib chiqildi.

Farg’ona shahar FVB PNB inspektori leytenant S.Sobirov