DIQQAT! TALABALARGA YANA BIR YENGILLIK!!!

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi

Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.

Manba: dtm.uz