Direktor granti sohiblari Ali dizayn akamiyasida!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Direktori F.Muxtarov hamda Ali dizayn akademiyasi hamkorligida grant e’lon qilingan edi.

🔥 Ushbu grant sohiblari Ali dizayn akademiyasida zamonaviy kasblardan birini bepul o’rganish imkoniyatini qo’lga kiritishadi.

🏆 Grant yutib olgan 13 nafar talaba-yoshlar kuni kecha Ali dizayn akademiyasiga tashrif buyurishdi. Tajribali grafik dizayner Muxammadali Shamsutdinov o’zi asos solgan Ali dizayn akademiyasida o’rgatilayotgan sohalar bo’yicha ma’lumot berib o’tdi.

🥳 Talaba-yoshlarimiz ushbu berilgan imkoniyatdan juda ham mamnun bo’ldi!