Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur g’oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.
Oligohimiz rahbari F. Muxtarov va yoshlar o’rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali direktori Farrux Muhammadovich Muxtarov Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida istiqomat qiluvchi talabamiz Yoʻldoshev Odamboy Gʻayrat oʻgʻlining uylarida bo’ldilar. Odamboyning qiziqishlari va unga oliygohimizdagi to’garaklarga bepul qatnashish imkoniyatini yaratib berildi.