Xabar berganimizdek, bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar boʻladi.
Maʼlumotlarga koʻra, DTM test topshirigʻi hozirda 3️⃣ qiyinlik darajasi asosida tuziladi:
🟩 1-qiyinlik daraja – abituriyentning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, fanga oid u qadar murakkab boʻlmagan bir necha atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja;
🟨 2-qiyinlik daraja – abituriyentdan tahlil qila olish va mantiqiy fikrlashni, fanga oid ikki-uch atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bir vaqtda qoʻllay bilishni talab qiluvchi daraja;
🟥 3-qiyinlik daraja – abituriyentning toʻgʻri javobni topish uchun zarur boʻlgan uch va undan ortiq atama, hodisa, qoida va qonuniyatlarni bir-biriga bogʻlab ishlata olish qobiliyatini, shuningdek, mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi daraja.