“Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovida filialimiz ATM hodimi faol ishtirok etdi

“O’zbekiston Respublikasida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovining “Biznes uchun dasturiy yechimlar” (Kompyuter va kompyuter jixozlarini ishlatish va dasturiy ta’minoti bo’yicha texnik) nominatsiyasi bo’yicha respublika bosqichi joriy yilning 31-may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkazildi.

Bu tanlovda TATU Farg’ona filiali Axborot texnologiyalari markazi dasturchi-muhandisi Sulaymonov Jasurbek faol ishtirok etib, faxrli o’rinni egallagani uchun diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

So’ngi yangiliklar

So’ngi izohlar