Epam systems vakillari tashrifi

Joriy yilning 14.12.2021 kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialiga Amerika “Epam systems” kompaniyasining O’zbekistondagi vakillari tashrif buyurishdi. Epam jamoasi va filialimiz talabalari o’rtasida ochiq muloqot tashkillandi.

Filialimiz talabalariga EPAM hodimlari tomonidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
✅ JavaScript
✅ Java
✅ .NET
✅ DevOps
✅ Functional Testing
✅ Test Automation
ma’lumotlar berildi.

Ushbu yo’nalishlarni yaxshi o’rganib, keyinchalik EPAM SYSTEMS xalqaro kompaniyasiga ishga joylashish imkoniyatini ham aytib o’tishdi.

Shuningdek, mehmonlar bilan kelajakdagi o’zaro hamkorlik masalalari ham ko’rib chiqildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati