“Etnosport” bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi

TATU Fargʻona filialida talaba-yoshlar o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli qarori ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarning jismoniy hamda aqliy yetukligini yanada shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba yoshlar o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi

Unda Kamonda otish, Tosh koʻtarish, Oq terakmi – ko‘k terak, Arqon tortish, Qarabtep, Besh tosh, Kim oladiyo shuginani kabi milliy o‘yinlarimiz talabalarga yanada ko‘tarinki ruh va bir olam taassurot uygʻotdi.