O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini (etnosport) targ‘ib qilish va ommalashtirishga talaba-yoshlarni keng jalb etish maqsadida TATU Farg‘ona filialida milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha etnosport musobaqalari o‘tkazildi.

Farg’ona viloyat Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Etnosport bo’limi boshlig’i R.Nurmatova tomonidan etnosportning milliy kurash, harakatli o‘yinlar, ot sporti, tosh ko’tarish, arqon tortish, kuch sinashish turlari bo’yicha hakamlar talabalar bellashuvini baholab bordilar.

Ushbu Etnosport musobaqalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 30 nafar talabalar munosib taqdirlandilar.