F.Muxtarovning Qozon shahriga bo’lgan amaliy tashrifi

Tashrifning keyingi manzili A.N.Tupolev nomidagi Qozon Milliy Tadqiqot Texnika Universiteti bo’ldi.

A. N. Tupolev nomidagi Qozon Milliy Tadqiqot Texnika Universiteti Sotsiologiya fanlari nomzodi Alishev Timirxan Bulatovich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida qo’shma ta’lim dasturlari hamda strategik hamkorlik masalalari bo’yicha kelishuvga erishildi.

F.Muxtarovning Qozon shahriga bo’lgan amaliy tashrifi davom etadi. Ertangi uchrashuvlarda 16 ta universitet va institutlarga tashrif rejalashtirilgan.