TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani O.Nazarmatov tomonidan fakultet tyutorlari hamda 1-2-3-4 kurs guruh sardorlari ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga kunlik davomat, kontrakt to’lovi, filial ichki-tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etish, yoshlar kengashi aʼzolarini tayinlash, kirib kelayotgan yangi yilni koʻtarinki ruxda oʻtkazish boʻyicha talabalarga tushunchalar berildi.

