Fakultet dekanlari tomonidan ijarada yashovchi talabalarning xonadonlarini o’rganish ishlari davom etmoqda

Dasturiy injiringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani X.Sotvoldiyev, hamda tyutorlar bilan ijarada yashayotgan talabalarning shart-sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara uylarida bo‘ldi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, mavjud holatlar o‘rganilmoqda. Xonadonlardagi isitish moslamalari talab darajasida ekanligini ko‘zdan kechirilib, gaz va elektr vositalaridan ehtiyotkorona foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, talabalar bo’sh vaqtlaridan mazmunli foydalana olishlari uchun zarur maslahatlar berilmoqda.