Falsafa darslik kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazida Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakulteti, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Muhiddinjon Teshaboyevning “Falsafa” darslik kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida M.Teshaboev falsafa fanining predmeti, mohiyati va mazmuni haqida masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga tushuncha berildi.

Shu bilan birgalikda Axborot-resurs markazi bo‘limi boshlig‘i Zulxumor Raximova talabalarga yangi kelgan o‘quv adabiyotlari hamda badiiy adabiyotlarni tanishtirib o‘tdi.