TATU Fargʻona filialida oʻtkazilgan tadbirda Andijon viloyati, Namangan viloyati va Fargʻona shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari ishtirok etdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining AKT boʻyicha maslahatchisi Bobur Rahimov seminarda soʻzga chiqib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Kibersport bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari va salohiyatini rivojlantirishda muhim vositaga aylanmoqda. U shaxsiy va jamoaviy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy platformadir. Shu sababli, kibersportni oliy taʼlim tizimida ommalashtirish va bu orqali yoshlarimizning intellektual va texnologik rivojlanishiga hissa qoʻshish muhim sanaladi”.
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-10_15-50-26-1024x576.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-10_15-50-27-2-1024x576.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-10_15-50-27-3-1024x576.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-10_15-50-28-1024x576.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-10_18-43-40-1024x576.jpg)