Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi ogohlantiradi!

Аziz hamyurtlar! Oʼzingiz va yaqinlaringiz hayotini, uy-joyingiz hamda mol-mulkingizni asrash maqsadida quyidagi yong’in xavfsizligi qoida talablariga amal qiling.

  • uyingizda yonib turgan gaz va elektr asbob uskunalarni nazoratsiz qoldirmang;
  • nosoz gaz va elektr asbob uskunalaridan foydalanmang;
  • isitish pechi va uchoqlarga olov oldirish uchun benzin, kerosin, solyarka kabi tez alanga oluvchi vositalardan foydalanmang;
  • gaz gorelkasi va isitish pechlari ustida kir quritmang;
  • gazni rezina shlang orqali ulab ishlatmang;
  • gazni yoqishdan oldin gugurtni yoqib soʼngra gaz jumragini asta sekin oching;
  • isitish pechi va uning moʼrisini nosoz joylarini uz vaqtida taʼmirlangan;
  • isitish pechi murikonalarini binoning yogʼoch qismidan 38 sm dan kam boʼlgan masofada oʼrnatmang;
  • uyingizni qoʼshni imoratlari chordogʼi bilan tutashgan joylariga yongʼinga qarshi devor oʼrnatishni unutmang;
  • isitish pechlarini qattiq qizdirib yubormang, ularni yaqiniga mebelь va boshqa tez yonadigan buyumlarni qoʼymang;
  • isitish pechini oʼrnatish uchun maxsus ustalarini chaqiring
  • nostandart va qoʼlbola saqlagichlardan (предохранитель) hamda vaqtincha oʼtkazilgan simlaridan foydalanmang
  • elektr simlarining uzilgan va ishdan chiqqan qismlarini tezda sozlang yoki almashtiring
  • ikki va undan ortiq elektr asboblarini bir vaqtni oʼzida ishlatmang
  • elektr simlarini burama yoki qattiq tortilgan holda oʼtkazmang
  • qo’lbola yasalgan elektr asboblaridan va gazga moslashtirilgan isitish vositalaridan foydalanmang
  • yoqilgan isitish pechi, gaz va elektr asboblarini qarovsiz qoldirmang ularni yosh bolalar ixtiyoriga topshirmang
  • yosh bolalarga isitish pechi, gaz gorelkalari va oʼchoqlarga oʼt yoqishni buyurmang
  • yosh bolalarni gugurt va olov bilan oʼynashlariga yoʼl qoʼymang va ularni qarovsiz qoldirmang
  • qozonda dogʼ qilinayotgan yogʼni nazoratsiz qoldirmang
  • oʼrinda yotib sigareta chekmang
  • tom va chordoqlarda xashak va boshqa tez yonuvchan narsalarni saqlamang
  • uydan chiqishdan oldin gaz va elektr uskunalarni (plita, dazmol, televizor va boshqalar) oʼchirilganligini tekshirib chiqing
  • axoli yashash uylarida yengil-tez alangalanuvchi yoqilgʼi maxsulotlari ogʼzi mahkam yopiladigan temir idishlarda saqlansin va 20 litrdan ortiq benzin, xamda 5 litrdan ortiq moy maxsuloti saqlash qatʼiyan man etiladi
  • koʼp qavatli uylarning xonadonlarida yengil-tez alangalanuvchi yoqilgʼi maxsulotlari saklash takiklanadi.
  • koʼp qavatli uylar oldidagi uylarda sunʼiy toʼsiqlar qoʼyish va oʼzboshimchalik bilan qoʼshimcha inshootlar qurish taqiqlanadi.
  • yongʼin sodir boʼlganda zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Yongʼin xavfsizligi xizmatiga xabar bering.

Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi shahrimiz fuqarolaridan yuqoridagi oddiy boʼlgan yongʼin xavfsizligi qoida talablariga amal qilishingizni va har doimo yodda tutishingizni soʼrab qoladi.

Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi


Mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash, sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yongʼinlarni hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan boshqa favqulodda holatlarni oldini olish chora-tadbirlari

Xonadoningizda yoki qoʼni-qoʼshnilaringiznikida yongʼin sodir boʼlganda zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Yongʼin xavfsizligi xizmatiga xabar bering.
Yongʼin xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgunlariga qadar quyidagi chora-tadbiralarni amalga oshirish kerak:

  • uy ichida odam qolgan boʼlsa uni olib chiqish choralarini koʼrish
  • shaxsiy xujjatlarni va qimmatbaxo buyumlarni olib chiqish:
  • oʼzingiz va qoʼni-qoʼshnilar yordamida mavjud vositalar (chelak, shlang orqali suv sepib va boshqa) bilan yongʼinnni oʼchirish choralarini koʼrish:
  • garajda yongʼin sodir boʼlganda avtomobil ichkarida boʼlsa tashqariga chiqarish:
  • benzin sigʼimlari mavjud boʼlsa toʼla yoki boʼshligidan qatʼiy nazar garajdan tashqariga olib chiqish choralarini koʼrish:
  • uyda gaz xidi sezilsa gugurt chaqish va elektr chirogʼini yoqish portlash sodir boʼlishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday vaziyatlarda eshik va derazalarni ochib xonani shamollatish va bu xaqida zudlik bilan gaz idoralariga xabar berish kerak:
  • agar qozonda qizdirilayotgan yogʼ yonib ketsa unga suv sepmang–bu harakatingiz yogʼ sachrashiga va quyish tan jaroxati olishingizga sabab boʼlishi mumkin, ushbu holatda faqatgina qozonni qopqogʼini yopib, olovni pasaytirish yoki oʼchirish kerak:
  • televizor yoki boshqa elektr asboblarida yongʼin sodir boʼlsa birinchi navbatda ularni elektr manbayidan oʼchirish kerak:
  • xonadoningizda yoki qoʼni-qoʼshnilaringiznikida sodir boʼlgan yongʼinni oʼz kuchingiz bilan oʼchirib olgan boʼlsangiz ham bu haqida albatta yongʼin xavfsizligi xizmatiga xabar bering.

Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi shahrimiz fuqarolarini ogohlikka chaqirib, sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yongʼin va boshqa favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida yuqorida keltirilgan yongʼin xavfsizligi qoida talablariga toʼliq amal qilishingizni soʼraydi.

Fargʼona shahar FVB YoNPB
mutaxassisi serjant
А.Olimjonov