Favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi

TATU Farg‘ona filialida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, zilzila paytida aholini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish hamda yong‘in, chaqnash va is gazidan zaharlanish, ularning oqibatlari, ularni sodir bo‘lishiga olib keluvchi omillarni oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning 1-o‘rinbosari B.Tolipov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Salmonov, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘inlar profilaktika bo‘limi bosh inspektori A.Tojiboyev, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi O.Atajonova hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.