Filial o’qituvchisi Hinditonda stajirovka o’tash grantini qo’lga kiritdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Farrux Muhammadovich Muxtarovning topshirig’iga asosan filialdagi professor-o’qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga stajirovkaga yuborish topshirig’ini birinchilar qatorida axborot texnologiyalari kafedrasi amalga oshirishdi.

Unga koʻra kafedra katta oʻqituvchisi Xonto’rayev Sardorbek Hindistonning «Indian technical and economic cooperation» universitetiga stajirovka oʻtash grantini qoʻlga kiritdi.

S.Xonto’rayevga filial ma’muriyati muvaffaqiyatlar tilaydi.