Filialda 2019-2020 o‘quv yili boshlandi

2019 yil 4 sentyabr kuni filialda 2019-2020 o‘quv yili imtihonlarida yetarlicha ball to‘plab talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarni kutib olish va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filial direktori rahbarligidagi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etdi.Tadbir davomida eng yuqori ball to‘plagan talabalar va ularning ota-onalari esdalik sovg‘a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Jumladan: Kompyuter injiniringi fakulteti, Kompyuter injiniringi yo‘nalishi, 610-19-guruh talabasi Abdullayev Faxriddin va uning otasi Malikov Shuxrat aka, Axborot xavfsizligi yo‘nalishi 640-19-19 guruh talabasi Komilov O‘ktamjon va uning otasi Samiyev Rustamjon aka, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultetidan Soliyev Muslimbek Mamirjanovich va Satkinbayev Asadbek Sultonmurodovichlar filial rahbariyati nomidan taqdirlandi.Filialning O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Tojiboyev talabalarni filialning rahbar professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi. Tadbir ssenariy asosida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Farg‘ona shahar IIO FMB 4-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i mayor O.O.Mavlonov boshchiligidagi bir guruh xodimlar ishtirokida fuqaro xavfsizligi ta’minlandi.

Tadbir so‘ngida talabalar mustaqillik darsini o‘tish uchun fakultet dekanlari va akademik guruh rahbarlari boshchiligida darslarga yo‘l olishdi. Kun davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 87-02-1902-sonli xatiga binoan filial birinchi bosqich talabalarini filial hayotiga tezda mostlashib, ko‘nikma hosil qilishlari uchun tashkil etilgan “Oriyentation weyek” dastur bo‘yicha tadbirlar davom etdi.

Tadbirdan olingan fotolahalar ilova qilinadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                               A. Rayimov

So’ngi yangiliklar

So’ngi izohlar