Filialda “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar, jinoyat va korrupsiya sodir etilishiga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi” nomli targ‘ibot tadbiri o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikami Vazirlar Mahdamasining 2018 yil sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi 736-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 799-son buyrug‘i bilan tasdiqdangan “Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi” ijrosi yuzasidan nazorat rejasi bandlari ijrosini, “2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yilning 17 aprel kuni filialning 316 ma’ruza xonasida Kompyuter injiniringi fakultetining 610-17, 611-17 guruh talabalari va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetining 650-17, 651-17 guruh talabalari hamkor davlat organlari hodimlari – Farg‘ona shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi, leytenant – N.Nazirjonov, hamda ASDP Farg‘ona shaxar kengashi vakili K.Isroilova ishtirokida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar, jinoyat, korrupsiya sodir etilishiga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi” mavzusida targ‘ibot davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov olib bordi. Tadbirda talaba-yoshlarning jami 75 nafari ishtirok etdilar. Targ‘ibot tadbirlari fakultetlar kesimida olib borilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                               A.Rayimov