Filialga rossiyalik olim tashrif buyurdi.

2019 yil 17 may kuni TATU Farg’ona filialiga Novosibirsk davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Karchevskiy Andrey Leonidovich. tashrif buyurdi. Ushbu ajnabiy olim filialning 2 va 3 bosqich talabalariga “Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar tashkiliy masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. Kun davomida yosh izlanuvchi professor-o’qituvchilar bilan uchrashuvda esa tayanch doktorantura va oktorantura ixtisosliklari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishning metodologik asoslari to’g’risida suhbatlashdi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoban atroflicha o’z
fikrlarini bildirdi.