O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining narkotik moddalarning iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘jalangan kompleks chora tadbirlari rejasi doirasida 2021-yilning oktabr oyining uchunchi o‘n kunligida barcha oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filalida 2021 yilning 19-oktabr kuni Farg‘ona viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hodimi H.Yoqubov, Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘lim hodimi O.Ashurov, Farg‘ona viloyat OITS markazi shifokori M.Yusupov, Farg‘ona viloyati vrach norkologi A.Axrorovlar hamda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida narkotik moddalarning iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha yuqori saviyada uchrashuv o‘tkazildi.