Havo kuchlari uchun sadoqat

2019-yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi qurolli mojarolar va antiterroristik kurash Farg‘ona viloyati assotsiatsiyasi rahbari Davlatjon Nishonov va xavfsizlik xizmati boshlig‘i podpolkovnik Xadjayev Muminxo‘ja Xorumbayevichlar tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, Vatanimizni harbiy qudratini mustahkamlash va yoshlarga harbiy Vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda namunali hissasini qo‘shgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Kompyuter injiniring fakulteti 3-bosqich talabasi M.Sotqinboyevni “Havo kuchlari uchun sadoqat” medali bilan tantanali taqdirlandi.