Farg‘ona viloyati hokimi Bozarov Xayrullo Hayitbayevichning tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida, 25-yanvar kuni katta majlislar zalida, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor hamda ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularni kayfiyatini ko’tarish maqsadida xalqimiz suygan shoira Marhabo Karimova bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida tadbir tashkillandi.
Tadbirda mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash Farg‘ona shahar bosh mutaxassisi M. Uzoqova, filial matbuot kotibi B. Turg’unov, Kompyuter injiniring fakulteti dekan o’rinbosari N. Ibragimov, Farg’ona shahrining kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan, nogironligi bor hamda ishsiz ayollari, filial talabalari hamda ATM xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash Farg‘ona shahar bosh mutaxassisi M. Uzoqova ochib berdi. Tadbir davomida Marhabo Karimova o‘z she’rlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdi.