Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Bunda nomzodlar platformada:
- oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
- diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Manba: edu.uz