Filial Davlat
ilmiy texnik dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning
amalga oshirilishi bo‘yicha ham faoliyat qatnashib kelmoqda. Jumladan, 2016 yilda
“Kristall yuzasiga metall klasterlarni cho‘kishida yupqa
plyonka va nanastrukturalarni hosil bo‘lishi jarayonini nazariy tadqiq etish” (A.M.
Rasulov), “Energiya o‘zgarishlarining issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik
qurilmalari uchun yangi tipdagi parotslindrik konsentratorlarning modul tizimlarini
yaratish bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish”
(S.M. Abduraxmonov).
Filialda respublikamizning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari loyihalarida ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Geotermal suvlar potensial energiyasidan foydalangan xolda mikro GESlarni ishga tushirish” mavzusidagi innovatsion loyiha (O.X. Kuldashev), “Kompyuternoye modelirovaniye protsessov formirovaniye nanostruktur i rosta tonkix plyonok pri osajdenii metallicheskix klasterov na poverxnosti kristallov” (A.M. Rasulov), “Zaryadlangan zarralar oqimi detektorini tadqiq etish va uning asosida yer silkinishlarini bashorat qilish uchun o‘lchov axborot kompleksini yaratish”(M.L. Djalilov).
Respublikamizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha e’lon qilingan Davlat dasturlari yuzasidan filialimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan jami 15 ta loyihalar tanlovda ishtirok etmoqda.
Filialda ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyasi qilish borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Innovatsion korporativ xamkorlik – filialda 2016-2018 yillar mobaynida 4 ta innovatsion guruh shakllantirilib, ular tomonidan hozirgi kunda viloyatdagi 10 ta korxona va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hamkorlik guruhlariga jami 46 nafar kishi jalb qilingan. Bu muammolarni yechish uchun innovatsion guruhlar tarkibiga 14 nafar professor-o‘qituvchilar, 16 nafar korxona vakillari, 6 nafar magistrantlar, 20 nafar iqtidorli talabalar kiritilgan. O‘zaro hamkorlik shartnomalari asosida 60 ga yaqin mavzudagi muammolar banki shakllantirilgan. O‘zaro hamkorlik shartnomasiga asosan korxonalarda talabalarning bitiruv oldi, tanishuv va malakaviy amaliyotlari, 48 ta kurs ishi, 15 ta bitiruv malakaviy ishi, 4 ta magistrlik dissertatsiyasi bajarilmoqda.
Filialda 2 mutaxassislik bo‘yicha magistratura faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu
bilan birgalikda xorijiy OTMlariga magistratura va doktoranturaga o‘qishga yuborish
2018 yilda magistraturaga 1 nafar. Bundan tashqari, Xorijiy OTM va ITIlar bilan
ilmiy hamkorlik bo‘yicha filial va Rossiya davlatining “Moskva aloqa va informatika
texnika” universiteti bilan tuzilgan shartnomaga asosan, 2018 – 2019 o‘quv yilida
4 nafar professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalar, magistrlar o‘qish va ilmiy
tadqiqotlarini bajarish uchun yuborish rejalashtirilgan (shartnoma nusxasi ilova
qilinadi). Shartnomaga asosan, xorijiy OTM professori A.V. Pestryakovni filial o‘quv
jarayoniga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Filialda
oxirgi uch yilda xorijiy OTM lari magistraturasiga 3 nafar talabalar yuborilgan