🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli farmonining ijrosi yuzasidan Farg’ona Politexnika instituti «Elektronika va asbobsozlik» kafedrasi mudiri PhD, dotsent A.Qo’chqorov ishtirokida «Ilmiy-tadqiqot loyihalari va ularni tijoratlashtirish» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
🟥 Seminar-treningda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, filialdagi barcha kafedralarda ilmiy loyihalar bilan shug’ullanuvchi ilmiy-tadqiqotchilar va professor o’qituvchilar qatnashdilar.







