Janubiy Koreya Respublikasining NIA Kotibiyati tomonidan TATU Farg’ona filiali qoshida tashkil etilgan markaz barcha davlatlarda tashkil etilgan Axborot markazlar (IAC) ichida 2021 yil eng yaxshisi tarzida e’tirof etildi

Tabriknoma elektron maktub orqali qabul qilindi.

Matn ingliz tilida bo’lsada mazmunini esa quyidagi matnda havola etamiz:

“Hurmatli TATU Farg’ona filiali jamoasi

NIA kotibiyati tomonidan Yangi 2022 yil tabrigi va salomlarimizni qabul qilgaysiz.

Covid-19 bilan bog’liq vaziyatga qaramay, siz sog’ omon ekanligingizga umid qilamiz.

Covid-19 ning ushbu qiyin paytlarida NIA bilan faol hamkorligingiz va o’zingizning mehnatingiz bilan boshqa IAC markazlarga o’rnak bo’lgan ajoyib ishlaringizni qadrlaymiz.

Shuning uchun biz sizni 2021 yilning eng yaxshi IAC (Axborot markazi) unvonini berishga qaror qildik.

Biz sizga eng yaxshi IAC sertifikatini ilova sifatida yuboramiz.

Umid qilamizki, siz IACning mukammal vazifalarini davom ettirasiz va NIA ham sizni faol qo’llab-quvvatlaydi va siz bilan hamkorlik qiladi.

COVID-19 sababli ushbu og’ir davrda mashaqqatli mehnatingiz uchun yana bir bor tashakkur bildiramiz.

Kelgusi yilda sizni shaxsan ko’rishga umid qilamiz.

Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan
NIA kotibiyati xodimi.”

So’zlar bilan e’tirof etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati