IT sohasida ta’lim olayotgan talabalarning ma’muriy islohotlar jarayonida raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularni ish bilan ta’minlashga zarur imkoniyatlarni yaratish, filial talaba yoshlarining muvaffaqiyatli karyeralarini qurishga ko‘maklashish maqsadida IT Park bilan hamkorlikda «Job Fair 2024» Karyera kuni tashkil etildi.
Tadbirning ochilish marosimida filial direktori F.Muxtarov, Raqamli texnologiyalari Markazi direktori B.Djalilovlar o‘zlarining kirish so‘zi bilan ishtirok etib, «Job Fair 2024» ning mazmun-mohiyati, tadbirning maqsadi haqida gapirib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, spikerlar, AQSh ning «Silk Road Professionals» kompaniyasi asoschisi janob James Wenger, Biznes Dasturlash markazi rahbari I.Shodmonov hamda «Premium Soft uz» ta’sischisi S.Maxmudovlar «Mahalliy hamda xalqaro IT korxonalarga ishga kirishda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar» mavzusida o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashib, filial talaba yoshlariga amaliy tavsiyalar berishdi.