Joriy yilning 3-oktabr kuni Kompyuter injiniring fakulteti 1-3 bosqich talaba-qizlari o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Kadirov ochib berdi.
Barcha talaba qizlarni yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida Xotin – qizlar maslahat kengashi raisi G. Jo‘rayeva, filial psixologi N.Mo’minovalar ishtirokida
✅Talaba qizlarni tadbirlarga jalb qilish va iqtidorlarni aniqlash.
✅Talabalar turar joyida va ijarada istiqomat qilayotgan talaba qizlarni ro‘yhatini shakllantirish.
✅Talaba qizlar orasida “Mohir qo‘llar” to‘garagini tashkillash.
✅Talaba qizlar orasida korrupsion holatlarni, jinsiy zo‘ravonlik hamda tajovuzlarni olidini olishga qaratilgan psixologik so’rovnoma o’tkazish bo’yicha seminar-treninglar tashkil etildi.