Ushbu muloqotda direktor maslahatchisi A.Usmonov, “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i I.Qaxxarov, Profilaktika inspektori A.Mirzaliyev korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik yuzasidan tushuntirishlar olib bordi.
Fakultet dekani o‘rinbosarlari talabalarga filialning ichki tartib qoidalari, yakuniy nazorat ishlari boshlangunga qadar joriy-oraliq topshiriqlarini o‘z vaqtida topshirish kerakligini hamda imtihonlar o‘tkazilish jarayonlari to‘g‘risida tushunchalar berishdi.