Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari ishtirokida “Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida yigʻilganlarga referendum tushunchasi haqida batafsil maʼlumotlar berilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
- Barcha sohalarda muhim yangilanishlarga befarq boʻlmaslik har bir insonning oʻz Vatani oldidagi burchidir, – deydi Yoshlar bilan ishlash bo’lim boshlig’i A.Rayimov
🖇 A.Rayimov talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarar ekan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan oʻrin olgan koʻplab yangi modda va normalarga batafsil izohlar berib o’tdi.