Magistratura maxsus fanlari bo‘yicha sinov imtixoni bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshiriqlari va filial direktorining 2019 yil 29 iyuldagi 465-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 6 avgust kuni kichik majlislar zalida 2019/2020 o‘quv yili uchun magistratura maxsus fanlari bo‘yicha sinov imtixoni o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun 2019/2020-o‘quv yili uchun magistraturada tahsil olish maqsadida 81 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Shulardan 51 nafari 5A330501-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) mutaxassisligi o‘zbek guruhi uchun, 10 nafari rus guruhi uchun hamda 14 nafari 5A350101-Telekommunikatsiya injiniringi: teleradioeshittirish mutaxassisligi o‘zbek guruhi uchun, 6 nafari rus guruhi uchun topshirgan.