Mahalla kitobxon onalari va bolalari mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiai Axborot resurs markazida aholi va yoshlarni ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitob mutolaasi hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida mahalla ma’rifatli ayollari hamda yoshlar etakchilari ishtirokida “Mahalla kitobxon onalari va bolalari” rukni ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri Z.Rahimova ochib, kitob o‘qishning o‘zi bir zavq ekanligi, uni taqdimot qilish yana boshqacha kayfiyat berishi, ayollarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh avlodning o‘qishga, mutolaaga bo‘lgan intilishini kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida O‘rmonchilar mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodimi, Mash‘al mahallasi yoshlar yetakchisi, Nodirabegim mahalla fuqarolar yig‘ini faollari sevib mutolaa qilgan kitoblari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar va o‘qigan kitoblari bilan o‘rtoqlashdilar.