Maktab o’quvchilari bilan suhbat tashkil etildi

2020-yil 2-dekabr kuni OTM – maktab hamkorligi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 13-sonli maktabda o‘qitish sifatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha CHORA-TADBIRLAR RЕJASIda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan filial Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Tolipov va Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi mudiri O.Rayimjonova, filial akademik litseyi direktori I.Mamajonov va litseyda faoliyat olib borayotgan O‘zbek tili, Matematika fani o‘qituvchilari maktab rahbariyati , mas’ul xodimlari, 11-“A”, 11-“B”-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashdilar hamda istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbatlashdilar. Uchrashuv davomida o‘quvchilar va ota-onalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha ma’lumotlar va zaruriy maslahatlar berildi hamda har haftada bir marta maktabda litsey o‘qituvchilari tomonidan O‘zbek tili , Matematika fanlaridan maktab bitiruvchi o‘quvchilari uchun bepul repetitorlik mashg‘ulotlari tashkil etilishiga, shuningdek, litseyga yuboriladigan o‘quvchilarga ham fanlardan bepul repetitorlik mashg‘ulotlari tashkil etilishiga kelishildi. Maktab ma’muriyati , bitiruvchi sinf fan o‘qituvchilari , ota-onalar bilan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishlari uchun kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida o‘quvchilarga maktabda , farzandlariga oilada ham zaruriy shart-sharoit , imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan maslahatlashildi.