Mamirxo‘jayev Muhammadamin Mavlonjon o‘g‘li “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori

🏆 TABRIKLAYMIZ!

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti 4-bosqich 620-19 guruh talabasi Mamirxo‘jayev Muhammadamin Mavlonjon o‘g‘li “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

🏆Bunday katta yutuqlarga erishishda yaqindan yordam bergan talabamizning ilmiy rahbari Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevichni tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida bunday shogirdlari ko‘payishiga tilakdoshmiz.

🟢Muhammadaminga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!