Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Mehribonlik uchun Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun respublika bo‘yicha jami 1 580 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:
? kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 137 ta;
? sirtqi ta’lim shakli uchun – 377 ta;
? kechki ta’lim shakli uchun – 66 ta.
Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati