Memorandum amalda

Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona soliq texnikumi direktorlarining ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, sport hamda IT sohalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro memorandum kelishuvi imzolangan edi.

Soliq texnikum o‘quvchilarida yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish, ularni oliy ta’lim muassasasida joriy qilingan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif uyushdilar.