«Mirzo Ulug’bek Vorislari» Respublika tanlovi bo’lib o’tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Kompyuter injiniringi AT-servis yo’nalishi, 1-bosqich 687-22 guruh talabasi Maxmudov Ulug’bek Ravshanbekovich «Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovining Namangan viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o’tib, tanlovning Respublika bosqichiga yo’llanma oldi hamda 3 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mahmudov Ulug’bekning tanlovga taqdim etgan loyihasi muqobil elektr energiyasiga ishlovchi «ECO PALMA» deb nomlanadi.