Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Fargʼona filiali yaqinidagi hududlarda joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan oʼquvchi yoshlar Prezident maktabiga kirish imtihonlariga matematika fanidan tayyorgarlik koʼrayotgan Fargʼona shahridagi “INTELLECT_UZ” oʼquv markazida filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Tolipov oʼquvchilarga motivatsion master klass oʼtib berdi

Master klass savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi.

B.Tolipov oʼquvchi yoshlarga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʼz oldilariga ulkan maqsadlar qoʼyish, kitobxon boʼlish va oʼqib-izlanish toʼgʼrisida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi hamda filialda oʼquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʼnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib oʼtdi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati