Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatlarchilari tashabbusi bilan “Rahbar ayol imidji” nomli tadbir tashkil etildi

Jamiyatimizda lider va rahbar ayolllarimiz soni tobora ortib bormoqda. Bunga sabab yurtimizda xotin-qizlarimizga berilayotgan koʻplab imkoniyatlar va eʼtibordir.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatlarchilari tashabbusi bilan “Rahbar ayol imidji” nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Fargʻona politexnika instituti Xotin qizlar kengashining raisi, professor Mamadaliyeva Lolaxon, Fargʻona maktabgacha taʼlim tashkilotini rahbari Madaliyeva Shaxnoza, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti katta oʻqituvchi Feruza Joʻrayeva, filialimiz 1-sonli TTJ mudirasi Xusayinova Gulxumorlar filialimizga tashrif buyurdi. Ushbu tadbirdan maqsad talaba qizlar oʻrtasida lider qizlarni tarbiyalash va maqsadlari sari yoʻnaltirish edi.

Uchrashuv juda ham serfayz va betakror boʻlib oʻtdi. Talabalar uchun kerakli motivatsiya va maslahatlar berildi.