Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini oliy taʼlim muassasalari talabalariga keng miqiyosida tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini talabalar va jamoatchilik oʼrtasida keng targʼib etishga bagʼishlangan maxsus kursni tashkil etish toʼgʼrisida”gi 2021-yil 9-yanvardagi 19-son buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida filial direktorining 2021-yil 14-yanvardagi 37-son buyrugʼi qabul qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʼrganish va keng jamoatchilik oʼrtasida targʼib etishga bagʼishlangan ilmiy-ommabop qoʼllanma tayyorlanganligi, uning asosida Murojaatnomani oʼrganish boʼyicha filialdagi barcha taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklar uchun 8 soatlik (4 soat interaktiv maʼruza mashgʼuloti, 4 soat tahliliy-amaliy mashgʼulot) bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida, taʼlimning barcha shaklidagi talabalarga fakultativ kurs sifatida tashkil etildi.
2021 yil 15-16 yanvar kunlari, hududiy seminar-trening ishtirokchilarini jalb qilgan holda, filialning professor-oʼqituvchilari, akademik guruh murabbiylari hamda boshqa hodimlari uchun “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasini oʼrganish boʼyicha maxsus kurs”ni samarali tashkil etish boʼyicha seminar-trening oʼtkazildi.
Maxsus kursni yuqori saviyada olib borish uchun boy tajriba va malakaga ega boʼlgan, Murojaatnomada qoʼyilgan masalalarni chuqur va atroflicha tahlil eta oladigan gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar oʼqituvchilarini safarbar etildi, jumladan, filialning barcha 1-kurs oʼzbek guruhi talabalari uchun Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini А.Salmonov, Kompyuter injiniringi fakulteti 4-kurs oʼzbek guruhi talabalari uchun Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А.Rayimov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi fakulteti 4-kurs oʼzbek guruhi talabalari uchun Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshligʼi, falsafa fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) M.Teshaboev, barcha 1 va 4-kurs rus guruhi talabalari uchun Kompyuter injiniringi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini N.Ibragimovlar tayinlangan.
Mazkur maxsus kurslarda Murojaatnomaning mazmun-mohiyati filial talaba-yoshlariga atroflicha tushuntirib yetkazilmoqda. Xususan, 2021-yil Prezidentimiz tomonidan “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholining salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlanishi avvalombor yurtimizning ertangi porloq kelajagining davomchilari boʼlgan yoshlarimizga boʼlgan yana bir eʼtibor va gʼamxoʼrlik aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilayotganligi bilan ahamiyatlidir. Chunki, mamlakatimiz kelajagi boʼlgan yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning siyosiy jarayondagi faolligini yanada oshirishda Yoshlar parlamentining tashkil qilinishi, qolaversa mamlakatimizda Prezidentimizning faol yoshlar ishtirokida “Yoshlar forumi” ning oʼtkazilishi bu ertangi kun egalari boʼlgan yoshlarga yana bir yuksak ishonch va eʼtibordir. Shuningdek, maʼruzachilar tomonidan «Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar», «Sud-huquq tizimini isloh etish va qonuniylikni mustahkamlashning ustuvor yoʼnalishlari», «Iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – uzoq muddatli barqaror oʼsishning poydevori», «Murojaatnomada ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar hamda «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʼnalishlar» kabi mavzularda taqdimotlar asosida maʼruzalar qilinmoqda.