Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali hamda Qozog’iston davlatining M.O.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti bilan 2023-yil 25-aprelda imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi talablarini amalga oshirishda akademik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uchrashuv bo’lib o’tdi

Xususan, unda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o’zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.