Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Inkubatsiya va Akseleratsiya markazida 2022 yil 11 fevral kuni Iqtidorli talabalar bilan ilk marotaba “Press Klub” o‘tkazildi

Ushbu Press Klub Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b. Jo‘rayev Nurmuhammad Mamatovich va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarnini tashkil etish bo‘limi xodimlari: Kenjaeva Farangiza, To‘lqinov Ziyodullo, Ismoilova Dilzodaxonlar tomonidan tashkil etildi.

Iqtidorli talabalarni va ularning iqtidorini shakillantirish maqsadida bo‘lib o‘tgan talabalar o‘rtasida filial istiqboliga doir bo‘lgan va talabalarimizni qiynayotgan muammolarga yechim topildi.

Ushbu uchrashuv do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi, real muammolar o‘rtaga tashlandi va ularni yechimlarini topish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar, ayrimalariga esa haqiqiy yechimlar berildi.

Xususan filialimizni 651-19 guruh talabasi Yo‘ldoshxonov G‘ulomxon taklifiga binoan ularning xalqaro “M_GOWARD” tanlovi ishtirok etish uchun o‘z jamoasiga video montaj tayyorlash uchun talabalarga taklif berdi. Bu taklif bo‘yicha shu yig‘ilishda qatnashgan iqtidorli talabalar qiziqish bildirishdi. Shuningdek, 620-19 guruhi talabasi Abdumalikov Dilshodjon moliyaviy tomondan qo‘llab quvvatlovchi SMM sohasida filialning talabalarini o‘qitish tashabbusi bilan chiqdi.

Nurmuhammad Mamatovich talabalarning takliflarini hamda tashabbuslarini qo‘llab quvvatlab, talabalarga o‘z maslahatlarini hamda filial tomonidan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarini tanishtirib o‘tdilar.

640-18 guruhi talabasi Esonov Nodirbek va qolgan talabalarimiz o‘rtasidagi tashabbuslarni qo‘llab quvvatladi. Esonov Nodirbek bu yig‘ilish talabalar uchun ochiq suxbat bo‘lgani va hamda bu suxbatlar filialda doimiy o‘tkazish taklifini bildirdi.

Filialimiz hududidagi bino hamda qurilmalar bilan ijara shartnomasi tuzish hamda filialimz talabalarini manashu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha taklif va mulohazalar hamda bunga yechim topish bo‘yicha filial rahbariyati bilan maslahatlashishga kelishib olindi. Hamda bizning filialimizning azaliy eng katta muammolaridan biri bo‘lgan o‘sha talabalar bilan uchrashish hamda ularning muammolarini o‘rganish iqtidorli talabalarni ajratib olish, ularning orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash masalari bo‘yicha aniq tadbir rejalari ishlab chiqildi.