Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali ma’muriyati Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati