Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Mas’ul xodimlari hamda Professor-o‘qituvchilari, Andijon viloyati Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi Asaka tumani 58-maktab, Xonobod shaxar 1-maktab, Buloqboshi tumani 1-maktablariga, 2021 yilda Respublika tuman va shaharlarida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish, takomillashtirish maqsadida tashrif buyurdilar

2021 yilda Respublika tuman va shaharlarida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich tashkil etish chora-tadbirlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strtegiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 330-sonli buyrug‘i va Filialning 189-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida Andijon viloyati Asaka tumani 58-maktab, Xonobod shaxar 1-maktab, Buloqboshi tumani 1-maktablarga, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Mas’ul xodimlari hamda Professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Maktab direktori bilan suhbat davomida Prezidentimizning qaror va farmonlari, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi buyruqlari bilan tanishtirdilar. Suhbatdan so‘ng maktabning hududi, kirish qismi, bino va inshootlari, o‘qituvchilar tarkibi hamda kadrlarga ehtiyoj masalalari yaqindan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida joriy ta’mirlash, minimal talablar asosidan kompyuter va boshqa texnik vositalar bilan jixozlash uchun takliflar tayyorlash, zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi. Jumladan, tanlangan kompyuter xonalari va koridor devorlarini och-qaymoq rangga o‘zgartirish, elektr tarmoqdagi ulanish nuqtalarani ko‘paytirish, internet tarmog‘i magistral kabelini yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, har bir ajratilgan kompyuter xonalariga konditsioner bilan jixozlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu masalalar yuzasidan belgilangan vazifalarni bajarilishi bo‘yicha muddatlar kelishib olindi va mas’ullar biriktirildi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati